Yangiliklar

Toshkentda bolalarning qoʻliga igna va “samorez” sanchgan oʻqituvchiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshkentda bolalarning qoʻliga igna va “samorez” sanchgan oʻqituvchiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshkentdagi maktabda oʻqituvchi oʻquvchilar qoʻliga igna va “samorez” sanchib jazolab kelganligi toʻgʻrisida xabar berilgandi.

Tergovga qadar tekshiruv natijasida 2016-yilda tugʻilgan Y.M. va Sh.U. larning qoʻllarini kaft qismini ustki qismiga burama mix (samorez) ni bir necha marta tiqib kelib, oʻquvchilarni qiynab, ularga tan jarohatlari yetkazganligi aniqlangan.

18-aprel kuni Sergeli tumani IIO TB tomonidan S.R. ga (2002-yilda tugʻilgan) nisbatan JKning 110-moddasi 2-qismi “a” bandi (Qiynash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Tergov doirasida qoʻliga igna sanchilganligi aytilgan 1-sinf oʻquvchilariga sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi. Hozirda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.