Yangiliklar

Toshkentda xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Toshkentda xorijga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “K-Oʻ.” MCHJga qarashli oʻquv markazi xodimi S.A. fuqaro Sh.B.ni Koreya davlatiga borishda talab etiladigan ishchi viza uchun oʻtkaziladigan Koreys tili imtihonidan tanishlari orqali oʻtkazib berishi evaziga 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.