Jahon

Isroil razvedka bo’linmasi xakerlar hujumiga uchradi

Isroil razvedka bo’linmasi xakerlar hujumiga uchradi

Xakerlar 20 gigabaytlik ma’lumotlarga, jumladan Isroil armiyasiga oid chorak millionga yaqin hujjatlarga egalik qilishgan. Bu haqda «The Jerusalem Post» nashri xabar berdi.

«Biz Isroil razvedka bo’linmasiga bostirib kirdik, chorak million hujjat saqladik”, deb da’vo qilmoqda Anonymous xakerlik guruhi.

Anonymous xakerlik tashkiloti 19-aprel, juma kuni Isroil razvedka bo’limiga hujum qilgani va harbiy hujjatlarni namoyish etishi haqida bayonot berdi. Shuningdek, 233 000 dan ortiq hujjatlarni, jumladan, PDF-fayllar, Word fayllari, PowerPoint taqdimotlari va boshqalarni oʻz ichiga olgan 20 gigabaytlik maʼlumotlar xakerlar nazoratiga o’tgan.

Xakerlar tomonidan taqdim etilgan videoda Isroil mudofaa xodimlari ishtirok etgan PowerPoint taqdimotlaridan parchalar, Bosh shtab bo‘limlari logotiplari tushirilgan slaydlar ko‘rsatilgan.

Isroil rasmiylari vaziyatga munosabat bildirdi. Unga ko’ra, bu xakerlar tomonidan «psixologik urush» taktikasi deb qaralmoqda. Isroil razvedkasining kompyuter tizimi qattiq himoyalangan va turli darajalarda tasniflangani aytilmoqda.