Jahon

Qozog‘istonda veyp va elektron sigaretani taqiqlovchi qonun imzolandi

Qozog‘istonda veyp va elektron sigaretani taqiqlovchi qonun imzolandi

Qozog‘istonda veyp va elektron sigaretani taqiqlovchi qonunni imzolandi. Bu haqda «Kursiv Media» xabar berdi.

Qayd etilishicha, Prezident Qosim-Jomart To’qayev Qozog‘istonda veyp va elektron sigaretalar savdosi hamda ularni reklama qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Ushbu taqiq yoshlar o‘rtasida nikotin saqlovchi moddalar tarqalishining oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli chora sifatida joriy etilmoqda.

“Qonun bilan chekmaydigan tamaki mahsulotlari, vaplar, aromatizatorlar va ular uchun suyuqliklarni sotish va tarqatishni, shuningdek ularni reklama qilishni (rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 60 kun o‘tgach kuchga kiradi) taqiqlaydi”, deyiladi xabarda.

Qonun olti oydan keyin kuchga kiradi.