Jamiyat

Toshkent viloyatida lola uzgan fuqaro jarima tortildi

Toshkent viloyatida lola uzgan fuqaro jarima tortildi

Toshkent viloyatida 2 dona tog‘ lolasini uzgan fuqaro tabiatga zarar yetkazgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etlishicha, ushbu holat Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida fosh qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, Ohangaron tumani “Chetsuv” MFY tog‘li hududida fuqaro I.E. Qizil kitobga kiritilgan 2 dona tog‘ lolasini uzib, tabiatga zarar yetkazgan.

“Ushbu holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 1 mln 700 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar chorasi qo‘llanildi”, deyiladi boshqarma xabarida.

Ekokogiya vazirligi va uning hududiy boshqarmalariga tabiatga zarar keltirayotgan zavod, fabrikalar faoliyatini nazoratga olishdan ko‘ra, lola uzgan fuqaroga chora qo‘llash yengil ko‘ringan, shekilli.