Oʻzgidromet bugun, 21-aprel kuni mamlakat boʻylab havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra:
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 25-27° boʻladi.
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 27-32° boʻladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 26-31° boʻladi.
TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼz joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° boʻladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-17°, kunduzi 24-29° boʻladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° boʻladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 24-29° boʻladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi (2000 m dan yuqorida) bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 12-17° boʻladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!