Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi Rossiya yo‘qotishlari bilan bog‘liq yangi raqamlarni eʼlon qilgan. Unga ko‘ra, Moskva kuchlari 2022-yilning 24-fevralidan beri Ukrainada 458 580 nafar askarini yo‘qotgan.

Shuningdek, Rossiya kuchlari 20-aprel kuni Ukraina frontida kamida 750 nafar askarini yo‘qotgan. Moskvaning kunlik yo‘qotishlari 500-700 nafar askardan iborat ekanligi maʼlum qilingan.

Bundan tashqari, Rossiya butun urush davomida 7213 ta tank, 13 873 ta zirhli jangovar mashina, 15 717 ta avtomobil va yonilg‘i sisternalari, 11 678 ta artilleriya tizimlari, 1046 ta ko‘p maqsadli raketa tizimi, 763 ta havo mudofaa tizimi, 348 ta harbiy samolyot, 329 ta vertolyot va 336 ta kemasidan ayrilgan.