Jamiyat

Toshkentdagi Avliyoota ko‘chasi vaqtincha yopildi

Toshkentdagi Avliyoota ko‘chasi vaqtincha yopildi

Toshkent shahri Mirobod tumanidagi Avliyoota ko‘chasi 10 kun muddatga yopildi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Mirobod tumani iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, “Yuksak” va “Qo‘qon” podstansiyasi oralig‘idagi 110 kVli kabel tarmog‘ini yangilash ishlari olib borilmoqda.

Shu boisdan, Mirobod tumanidagi Avliyoota ko‘chasi hamda ushbu ko‘chaning Nukus va KHAY ko‘chalari bilan kesishmalari bugun, 22-apreldan boshlab 10 kun muddatga yopildi.

“Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.