Yangiliklar

Boysunda YTH oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bolalar va 3 nafar ayol vafot etdi

Boysunda YTH oqibatida 3 nafar voyaga yetmagan bolalar va 3 nafar ayol vafot etdi

21-aprel kuni 17:30 lar chamasida Surxondaryo viloyatining Boysun tumani Inkabod MFY hududidan oʻtuvchi mahalliy ahamiyatga ega “Boysun – Duoba” 4N-1613 avtomobil yoʻlnining 7 km da 1974-yilda tugʻilgan haydovchi, boshqaruvidagi “Damas” avtomashinasida odam tashish qoidalariga amal qilmay 8 nafar yoʻlovchi bilan tuman markazi tomon bir necha km tik nishablikda harakatlanashi natijasida transport vositasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga keladi. 

Oqibatda yoʻlning xavfli burulish qismiga yetib kelgach boshqaruvni yoʻqotib yoʻldan chiqib ketib, shu yaqin atrofdagi hovli uylarning molxonasiga borib urilgan. Yoʻl-transport hodisasi natijasida avtomashina salonida boʻlgan uch nafar voyaga yetmagan bolalar va 3 nafar ayollar vafot etib, haydochi ogʻir tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. 

Hozirda holat yuzasidan Boysun tumani IIB Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.