Britaniya Tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot vaziri Devid Kemeron bugun, 23- aprel kuni Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kemeron ayni paytda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan muzokara olib bormoqda.
Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik, ta’lim, iqlim o‘zgarishi, ikki tomonlama savdo hamda biznes aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!