Yangiliklar

Fargʻonada elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan ishlab chiqarish sexi aniqlandi

Fargʻonada elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan ishlab chiqarish sexi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Margʻilon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.M.” MCHJ rahbari U.R. MCHJga tegishli ishlab chiqarish sexiga oʻrnatilgan elektr qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, 781,9 ming kVt soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 703,7 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.