Yangiliklar

Namanganda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Namanganda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Qamchiq” dovoni “Namangan muntazam” YPX maskanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Fargʻona–Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, fuqaro A.A. hech qanday hujjatsiz xorijda ishlab chiqarilgan 4 xil turdagi jami 2 000 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini Toshkent shahrida oʻtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.