Yangiliklar

Oʻzbekistonning 10 ming nafar tadbirkori Yaponiya tajribasi asosida oʻqitiladi

Oʻzbekistonning 10 ming nafar tadbirkori Yaponiya tajribasi asosida oʻqitiladi

22-aprel kuni AOKAda “Biznesni rivojlantirish banki” va Yaponiyaning Yamagata universiteti oʻrtasidagi hamkorlik yoʻnalishlari hamda kutilayotgan natijalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Maʼlumki, davlat rahbarining tashabbusi bilan tadbirkorlarni oʻqitish jarayoniga “Yaponiya tajribasi”ni tadbiq etish va bu borada Yaponiyaning yetakchi taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, respublikamizdagi 10 ming nafar tadbirkor Yaponiya tajribasi asosida oʻqitilishi va mentorlar tayyorlanishi maqsad qilingan. Kurslarda oʻqish tadbirkorlar uchun bepul va 100 foiz yapon mutaxassislari tomonidan oʻzbek tilida amalga oshiriladi.                                                                                  

Shuningdek, yaponiyalik mutaxassislar koʻmagida mahalliy kadrlar orasidan mentorlar tayyorlanadi. Kelgusida “Kichik biznesni rivojlantirish jamgʻarmasi” tomonidan tadbirkorlarni oʻqitish ishlari mentorlar yordamida tashkil etilishi rejalanmoqda.

Matbuot anjumanida mazkur muhim vazifa ijrosiga kirishishda, dastlab, universitet vakillari qator hududlarda boʻlib, tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qiligani va ilk tashrif yakunlari boʻyicha ham maʼlumot berildi.