Yangiliklar

Radar boʻyicha yangilik notoʻgʻri talqin qilindi

Radar boʻyicha yangilik notoʻgʻri talqin qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Foto va videoradarlar orqali aniqlangan qoidabuzarliklar haqidagi maʼlumotlar 48 soat ichida kelmasa, haydovchi javobgarlikdan ozod boʻlishi, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilgani” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Bekmurod Abdullayevning tushuntirish berishicha, radarlar orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar 48 soat ichida jarima haqida qaror yozadigan vakolatli organga, yaʼni YPX markaziga yuboriladi.

Vakolatli organ jarima solish haqidagi qarorni 15 kundan kechiktirmay chiqarishi kerak. Ana shundagina haydovchi jarimaga tortilmasligi belgilanmoqda.