O‘zbekiston

Ichki ishlar vazirligi Qorovul Qo’shinlari tashkil topgan kun keng nishonlandi

Ichki ishlar vazirligi Qorovul Qo’shinlari tashkil topgan kun keng nishonlandi

Joriy yil 21-aprel kuni harbiy qismning 4 yilligi Toshkent viloyati Bo’stonliq tumani Tovoqsoy qo’rg’onida joylashgan harbiy qismda keng nishonlandi.

Tadbirda Qorovul Qo’shinlari Qo’mondoni o’rinbosari, Qorovul Qo’shinlari va harbiy qism Faxriylar kengashi a’zolari, Chirchiq harbiy prokurori, Ichki ishlar vazirligi Toshkent 2-son akademik litseyi o’quvchilari ishtirok etdi.

Bayram tadbirini Qorovul Qo’shinlari Ansambli o’zining chiqishlari bilan ko’tarinki ruhda o’tishiga hissa qo’shdi.

Shuningdek, tadbirda harbiy qism shaxsiy tarkibi qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Mehmonlar bayram dasturxoniga taklif etildi va kuy qo’shiqlar davom ettirildi.