Yangiliklar

Olis togʻli qishloqda oilaviy poliklinika ish boshladi

Olis togʻli qishloqda oilaviy poliklinika ish boshladi

Chiroqchi tumanidagi Taragʻay qishlogʻida tuman markazidan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan. 2,5 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ evaziga “Taragʻay” oilaviy poliklinikasi qurilib, foydalanishga topshirildi.

33 ming nafardan ortiq aholiga xizmat koʻrsatadigan ushbu shifo maskanida 50 nafardan ziyod tibbiyot xodimi faoliyat koʻrsatmoqda. Kunduzgi statsionar davolanish uchun 25 ta oʻrin aholi xizmatida.

Tibbiyot maskanida hozircha 5 nafar oliy maʼlumotli shifokor ishlayapti. Kelgusida ularning soni yanada koʻpayadi.

Oilaviy poliklinikaning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.