Yangiliklar

Rossiya mudofaa vaziri oʻrinbosari tergov izolyatoriga joʻnatildi

Rossiya mudofaa vaziri oʻrinbosari tergov izolyatoriga joʻnatildi

24-aprel kuni Moskvaning Basmanniy tuman sudi Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri oʻrinbosari Timur Ivanovni ikki oy muddatga qadar tergov izolyatoriga joʻnatdi. Shu tariqa, sud tergov talabini qanoatlantirdi.

Ivanovga nisbatan katta miqdorda pora olganlik ayblovi qoʻyilgan.

“Tergovning fikricha, Ivanov uchinchi shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, uyushgan guruh tomonidan shartnomalar tuzish va subpudrat jarayonida mulkiy xususiyatga ega xizmatlar koʻrsatish shaklida oʻta yirik miqyosda jinoyat sodir etishni maqsad qilgan”, deyiladi sudlarning qoʻshma matbuot xizmati xabarida.

Vazir oʻrinbosari bilan birga uning sherigi deb taxmin qilingan Sergey Borodin ham hibsga olingan. U ham ikki oy muddatga tergov izolyatoriga joʻnatilgan.