Shuningdek, tabiiy ofat oqibatida 600 bosh chorva nobud bo‘lgan, 1235 ta uyga zarar yetgan. Mamlakatning 34 viloyatidan 23 tasida suv toshqini qayd etilgan.
Afg‘onistonga O‘zbekistonning navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi ma’lum qildi.
Bugun, 25-aprel kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston xalqi nomidan afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yetkazish maqsadida Afg‘onistonning Balx viloyatiga jo‘nab ketdi.
Jami 8 ta yuk mashinasiga ortilgan insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 ming litr o‘simlik yog‘i, 10 ming dona konservalangan go‘sht, 24 tonna shakar va 22 tonna makaron mahsulotlari hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan qadoqlangan lag‘mon paketlari o‘rin olgan.
Shu munosabat bilan bugun Hayratonda ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!