Iqtisod

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizligicha, o‘zgarishsiz qoldirdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Markaziy bank boshqaruvi, inflyatsiyaning yangilangan prognoz koridorining yuqori chegaralariga nisbatan ham joriy pul-kredit sharoitlari nisbatan qat’iy fazada shakllanganligini inobatga olib, asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Asosiy stavka davlat va tijorat banklaridan kredit olish, omonat joylashtirish foizlarini belgilash uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi. Ya’ni banklar Markaziy bank belgilagan asosiy stavkadan kelib chiqqan holda kredit va depozit foizlarini belgilaydi.

Fevral oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston banklarida kredit stavkasi o‘rtacha 23,7 foizni tashkil etadi. Imtiyozli kreditlar 14 foizdan, faqat ma’lum bir shartlar asosida beriladi.