Yangiliklar

Namanganda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Namanganda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Chust tumani “Guliston” MFY hududida  oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Nexia3” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, fuqaro M.M. hech qanday hujjatsiz xorijda ishlab chiqarilgan jami 5 000 quti “Milano” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini Chust tumanida oʻtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.