Hodisa

Toshkentda Lacetti va Spark to’qnashdi

Toshkentda Lacetti va Spark to’qnashdi

Kecha, 25-aprel kuni soat 21:00 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida 2 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahri Yashnobod tumanida Lacetti va Spark avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

1966-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Lacetti va 2001-yilda tug‘ilgan S.E. boshqaruvida bo‘lgan Spark avtomashinalari ishtirokida YTH sodir etilgan.

Ushbu YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.