Isroil Milliy xavfsizlik rahbari Itamar Ben-Gvir YTHga uchradi va shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda «Al-Arabiya» xabar berdi.
Qayd etilishicha, vazirning mashinasi ag‘darilib ketgan. Mahalliy nashrlar Ben-Gvirning yengil tan jarohati olgani va darhol shifoxonaga yotqizilgani haqida yozgan. Lekin vazirning avtomobili YTHga uchrashi sabablari ochiqlanmagan.
«O‘zining shafqatsizligi bilan mashhur bo‘lgan Itamar Ben-Gvir mamlakatning markaziy qismidagi Ramla shahrida avariyaga uchradi. Avvalroq u yerda 18 yoshli qiz pichoqlangan edi», deyiladi nashrda.
Voqea joyidan olingan suratlarda uning xizmat mashinasi ag’darilib ketganini ko‘rish mumkin. Politsiya halokat sabablarini o‘rganayotgani aytilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!