TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston hududlari va Yuta shtati o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish, jumladan, tomonlarni qiziqtirgan sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilingan.
Katta tuzli ko‘l (Great Salt Lake) qurishi va uning salbiy oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha Yuta shtati tajribasini Orolbo‘yi mintaqasida amaliy qo‘llash masalasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirilgan.