Yangiliklar

Aprelning soʻnggi yakshanbasida havo qanday boʻladi?

Aprelning soʻnggi yakshanbasida havo qanday boʻladi?

Oʻzgidromet bugun, 28-aprel kuni Oʻzbekiston boʻylab havo harorati qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi.

TOSHKENT SHAHRI 

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9°, kunduzi 18-20° boʻladi. 

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI 

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 20-25° boʻladi. 

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI 

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 18-23° boʻladi. 

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI 

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 18-23° boʻladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI 

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° boʻladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI 

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 18-23° boʻladi. 

RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI 

Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida (2000 m dan yuqorida) qor koʻchishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7°, kunduzi 7-12° boʻladi.