Sport

Futzal: Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi bronza medalini qoʻlga kiritdi

Futzal: Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi bronza medalini qoʻlga kiritdi

Futzal boʻyicha Osiyo Kubogining 3-oʻrin uchun kechgan bahsda Oʻzbekiston terma jamoasi Tojikistonga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 2-daqiqasida Ilhom Hamroyev hisobni ochgan boʻlsa, oradan 3 daqiqa oʻtib Elbek Toʻlqinov hisobni ishonchli koʻrinishga olib keldi. 10-daqiqada Samandar Rizomov oradagi farqni qisqartirdi. Ikkinchi boʻlimda esa Tojikiston hisobni tenglashtirishga muvaffaq boʻldi. 22-daqiqada Kamron Aliyev oʻz nomiga gol yozdirib qoʻydi. 24-daqiqada Mehroj Xudoyberdiyev gol urdi. 27-daqiqada Ixtiyor Ropiyev ham oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi. 30-daqiqada Samandar Rizomov dublni rasmiylashtirdi. 33-daqiqada Umid Qoʻziyev Tojikistonning 5-goliga mualliflik qildi. 39-daqiqada esa Akbar Usmonov hisobni tenglashtirdi.

Penaltilar seriyasida esa Oʻzbekiston 3:2 hisobida mag’lub etdi, musobaqa bronza medalini qoʻlga kiritdi.