Yangiliklar

Ikki hududda qum-shagʻal xom ashyosini noqonuniy qazib olish holatlari aniqlandi

Ikki hududda qum-shagʻal xom ashyosini noqonuniy qazib olish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.T.” korxonasi masʼul shaxslari Nurota tumani hududida joylashgan “Koʻchat” qum-shagʻal aralashmasi koni atrofidagi yer maydonlaridan maxsus texnikalar yordamida oʻzboshimchalik bilan 17,9 ming kub hajmdagi qum-shagʻal hom ashyosini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 232,9 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Sariosiyo tuman boʻlimi  tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.M.» korxonasi masʼul shaxslari tumandagi muhofaza zonasiga kiruvchi yer maydonidan 5,5 ming kub hajmdagi qum-shagʻal hom ashyosini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 143,4 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (oʻzboshimchalik) moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.