Yangiliklar

Sirdaryoda yongʻin sodir boʻlgan uydan uch kishining jasadi qotillik alomatlari bilan topildi

Sirdaryoda yongʻin sodir boʻlgan uydan uch kishining jasadi qotillik alomatlari bilan topildi

Sirdaryo tumanida yongʻin sodir boʻlgan xonadondan qotillik alomatlari bilan uch kishining jasadi topilgan. 

Hodisa 2024-yil 27-aprel kuni soat 02:55 larda Sirdaryo tumanidagi uylarning birida sodir boʻlgan. Yongʻindan keyin tekshirib koʻrilganda uydan ayol kishi va voyaga yetmagan ikki nafar bolaning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Jinoyatni fosh etish maqsadida prokuratura hamda ichki ishlar organlarining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tuzilgan tezkor-tergov guruhi tomonidan koʻrilgan zarur choralar natijasida gumonlanayotgan shaxs qoʻlga olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) 2-qismi “a”, “j” bandlari ( ikki va undan oshiq shaxsni oʻta shafqatsizlik bilan oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilib, sodir etilgan hodisa sabablari aniqlanmoqda.