Yangiliklar

Toshkent viloyatining 6 ta tumanida foto va videokameralar oʻrnatiladi

Toshkent viloyatining 6 ta tumanida foto va videokameralar oʻrnatiladi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Qibray, Yangiyoʻl, Chinoz, Zangiota, Toshkent va Oqqoʻrgʻon tumanlari hududida foto va videokameralar oʻrnatilishi yuzaisdan farmoyish imzoladi.

Hujjatda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari yoʻl transport hodisalarining oldini olish maqsadida oʻrnatilayotgani aytilgan.

Buning uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 1,5 mlrd soʻm mablagʻ ajratildi.