Ma’lum qilinishicha, 20-aprel kuni soat 18:40 larda Yangi Namangan tumanida yashovchi, maktabning 11-sinf o‘quvchisi tog‘asining Lacetti’sida harakatlanganda boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi qismiga o‘tib ketgan.
Harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan yigit yo‘lning chap tomonida turgan, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida yashovchi, Namangan muhandislik-qurilish institutining ikki nafar talabasini urib yuborgan.