Yangiliklar

Bu yil may oyi qanday boʻlishi kutilmoqda?

Bu yil may oyi qanday boʻlishi kutilmoqda?

1-2may kunlari respublikaning barcha viloyatlarida, 3-mayda hududning katta qismida quruq va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, havo harorati kunduzi 26-29 daraja, baʼzi joylarda 30-32 darajagacha boʻladi.

3-mayda respublikaning janubi-gʻarbida, 4-5-maya kunlari koʻpchilik viloyatlarda, 6-mayda sharqiy hududlarda yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Yomgʻir paytida harorat 20-25 darajagacha pasayadi.

May oyi birinchi oʻn kunligining oxirida, shuningdek, ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarda havo harorati  23-28 darajadan 30-35darajagacha, baʼzi joylarda 38 darajagacha oʻzgarib turadi.

Ushbu davrning ayrim kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomgʻirlar yogʻadi, baʼzi joylarda jala xususiyatli mahalliy yomgʻirlar yogʻadi. Hatto bitta shahar ichida ham may yomgʻiri bir joyda kuchli yogʻishi va boshqa joyda esa deyarli yogʻmasligi mumkin.

Ayniqsa togʻ oldi va togʻli hududlarda kuchli jala yomgʻirlar yogʻishi juda xavflidir. Ular sel kabi dahshatli tabiiy hodisaning shakllanishiga olib kelishi mumkin