Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat bo’yicha gumonlanuvchining shaxsi lombard xodimlari tufayli aniqlangan. Qo‘riqchi telefonini garovga qo‘yish uchun lombardga olib kelgan. Qurilma erkakka tegishli ekaniga ishonch hosil qilish uchun undan galereyani ochish so‘ralgan va mazkur holat fosh bo’lgan.
“Ushbu fakt bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi”, — deydi shahar ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.
Mazkur holat yuzasidan “Marhumlarning jasadlari va ular dafn etilgan joylarni tahqirlash” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tegishli ish bo‘yicha gumonlanuvchi 11 million tengedan (24,8 ming dollar) ortiq jarimaga tortilishi, jamoat ishlari va uch yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Hozirda tergov davom etmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!