Bank axborot xizmatining ma’lumot berishicha, YTH 2024-yilning 18-aprel kuni tungi soat 23:00 larda sodir bo‘lgan.
Bankning Oltinsoy filiali boshqaruvchisi A.Y. filialga tegishli bo‘lgan davlat raqami belgisi 75 747 ZAA oq rangli Chevrolet Onix avtomobilini boshqarib ketayotganida yo‘l-transport hodisasiga uchragan. IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining so‘rovnomasiga asosan, Oltinsoy tuman tibbiyot birlashmasi shifokor narkologi tomonidan narkologik ekspertiza o‘tkazilib, xulosada mastlik holati aniqlanmagani qayd etilgan, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan YHX va ichki ishlar tergov organi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.