Yangiliklar

Toshkent viloyatida dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Toshkent viloyatida dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar N.R. va D.T. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Bektemir tumanidagi savdo majmuasi oldida fuqaro A.S.ga 864 quti “Terafleks Advans” nomli dori vositasini 16750 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.