Yangiliklar

Toshkent viloyatida elektr energiyasidan oʻgʻrincha foydalangan 17 ta noqonuniy mayner faoliyatiga chek qoʻyildi

Toshkent viloyatida elektr energiyasidan oʻgʻrincha foydalangan 17 ta noqonuniy mayner faoliyatiga chek qoʻyildi

Davlat xavfsizlik xizmati, “Oʻzenergoinspeksiya” va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorligida Toshkent viloyatida joriy yilning birinchi choragida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida kripto aktiv va mayning faoliyati boʻyicha 17 ta holat aniqlandi.

Unga koʻra mayning fermalar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi natijasida davlat manfaatlariga jami 16 mlrd 553 mln soʻm zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

Misol uchun, Parkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro P.O. ga qarashli dala hovlida mayning qurilmalarni oʻzboshimchalik bilan elektr tarmogʻiga ulanishi natijasida, davlat manfaatlariga 3 mlrd 476 mln soʻm miqdorida zarar yetkazgan.

Bu kabi holat Yangiyoʻl shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro I.N. ga qarashli xonadonda ham hech qanday ruxsatnomasiz mayning faoliyati bilan shugʻullanib, 1 mlrd 19 mln soʻmlik elektr energiyasini talon-toroj qilganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosan tergov harakatlariga oʻtkazilmoqda.