Toshkent shahridagi Istiqbol ko‘chasida asfalt o‘pirilib tushdi. Holat yuzasidan Mirobod tumani hokimligi o‘zining qisqa munosabatini bildirdi.
Qayd etilishicha, Mirobod tumani hokimining ko‘rsatmasiga muvofiq, ayni vaqtda hokimlikning mutasaddi rahbarlari voqea joyiga yetib borgan.
“Chuqur atrofi o‘rab olinib, mazkur muammoni bartaraf etish choralari ko‘rilayotganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi munosabatda.
Poytaxt markazidagi bu hodisaga issiqlik quvurida avariyaviy holat yuz bergani sabab ekani aytilyapti.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!