Yangiliklar

Pensiyaning eng kam miqdorlari minimal isteʼmol xarajatlari miqdoriga yetkazildi

Pensiyaning eng kam miqdorlari minimal isteʼmol xarajatlari miqdoriga yetkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”  2024-yil 30-aprel kuni PF–69-son Farmoni qabul qilindi 

Farmonga koʻra, 2024-yilning 1-mayidan boshlab minimal isteʼmol xarajatlari  648 ming soʻm miqdorda belgilanganligi sababli quyidagi pensiyalarning miqdori oshirildi:

  • ish staji toʻliqsiz chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming soʻm;
  • boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchi bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 648 ming soʻm etib belgilandi.

Buning natijasida 751 ming nafar  yoshga doir  va 110 ming nafar boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini oluvchi fuqarolarning pensiyalari minimal isteʼmol xarajatlari miqdoriga yetkaziladi.  

Pensiyalarni oshirish uchun Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 180 mlrd.soʻm qoʻshimcha mablagʻlar ajratiladi.

Maʼlumot uchun: yuqoridagi miqdorda pensiya oluvchilarga pensiyalar joriy yilning may oyidan yangi miqdorda toʻlanadi.