Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro O.X. hududiy tijorat banki filiali boshqaruvchisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan davrida otasi S.X. rahbarligidagi “S.T.” dehqon xoʻjaligiga ushbu bank filialidan ajratilgan 300 mln soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shuningdek, O.X. fuqaro Z.X.ga imtiyozli kredit ajratib berishi evaziga 30 mln soʻmini hamda fuqaro Ch.M.ning kredit qarzdorligini soʻndirib qoʻyish uchun 15 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!