Yangiliklar

Samarqandda maktab oʻquvchisi ishtirokida YTH sodir boʻldi

Samarqandda maktab oʻquvchisi ishtirokida YTH sodir boʻldi

29-aprel, dushanba kuni soat 17:00larda Samarqand shahar Oʻzbekiston koʻchasida Cobalt avtomobili haydovchisi, yoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtayotgan 8-sinf oʻquvchisini urib yubordi.

Oqibatda voyaga yetmagan 2009-yilda tugʻilgan oʻquvchi tan jarohatlari olib shifoxonaga davolanish uchun yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.