29-aprel, dushanba kuni soat 17:00larda Samarqand shahar Oʻzbekiston koʻchasida Cobalt avtomobili haydovchisi, yoʻlning belgilanmagan qismidan oʻtayotgan 8-sinf oʻquvchisini urib yubordi.
Oqibatda voyaga yetmagan 2009-yilda tugʻilgan oʻquvchi tan jarohatlari olib shifoxonaga davolanish uchun yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!