Jahon

Isroilliklarning yarmidan ko‘pi Netanyaxuning iste’foga chiqish tarafdori

Isroilliklarning yarmidan ko‘pi Netanyaxuning iste’foga chiqish tarafdori

Isroilliklarning yarmidan ko‘pi G‘azo sektoridagi vaziyatdan kelib chiqib, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu zudlik bilan iste’foga chiqishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Isroil televideniyesining 12-kanali o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga tayanib, xabar berdi.

So’rovnomaga ko’ra, respondentlarning 58 foizi hukumat rahbarining zudlik bilan iste’foga chiqishi tarafdori. 2022-yildagi so‘nggi saylovlarda hukmron koalitsiya tarkibiga kirgan partiyalarga ovoz berganlar orasidagi respondentlarning 28 foizi amaldagi Bosh vazirni lavozimidan chetlashtirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan. Shu bilan birga, respondentlarning 54 foizi mamlakatda muddatidan oldin saylov o‘tkazish zarur, deb hisoblaydi.

Shuningdek, so‘rovnoma ishtirokchilarining 48 foizi Mudofaa vaziri Yoav Galantning zudlik bilan iste’foga chiqishi g‘oyasini, 50 foizi Isroil armiyasi Bosh shtab boshlig‘i Gerzi Halevini ishdan bo‘shatishni qo‘llab-quvvatladi. Respondentlarning 56 foizi Bosh xavfsizlik xizmati (kontrrazvedka) rahbari Ronen Barni lavozimidan chetlatish tarafdori bo‘lgan.

12-kanalning bildirishicha, so‘rovnoma kecha, 30 aprel kuni onlayn va telefon orqali reprezentativ tanlama usulida o‘tkazilgan va unda 500 nafar respondent ishtirok etgan.