Amerikaning KFC tamaddixonalar tarmog‘i Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlariga javoban boshlangan boykot ortidan Malayziyadagi 108 та filialini vaqtincha yopdi.
Avval KFC ijtimoiy tarmoqlarda: “Kechirasiz, bu yerda chodirlar yo‘q, barmog‘ini yalaydigan yaxshi tovuq!” degan yozuvni joylashtirgandi.
Ushbu xabar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida bahs-munozaralarga va uni boykot qilishga chaqiriqlarga sabab bo‘ldi. Mazkur eʼlon Rafahdagi ochlikdan qiynalayotgan ko‘chirilgan falastinliklarning ahvoliga ishora sifatida ko‘rildi!
Keyinchalik xabar Karib dengizidagi Antigua nomli orol bilan bog‘liq ekani, u yerda mahalliy APUA kompaniyasi chodirlari o‘g‘irlanishi sodir bo‘layotgani bilan izohlandi.
Mcdonal‘s ham ikki yil ichida birinchi marta choraklik daromadi pastladi. Mcdonald‘s Isroilni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlashi, jumladan, bosqinchi askarlarga bepul yeguliklar tarqatishi, Isroildagi franshizalarini sotib olgani AQSHda va jahon miqyosida boykotlarga sabab bo‘lmoqda. Global taqqoslanadigan savdo o‘sishi ketma-ket to‘rtinchi chorakdirki 1,9% gacha qisqarib bormoqda.
Starbucks ham boykotlar sababli o‘tgan chorakda o‘zining yillik sotish prognozini qisqartirdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!