Yangiliklar

Oʻzbekiston xalq baxshisi Chori baxshi vafot etdi

Oʻzbekiston xalq baxshisi Chori baxshi vafot etdi

Oʻzbekiston xalq baxshisi Chori baxshi Umirov 86 yoshda vafot etdi.

Chori baxshi yarim asrdan ziyod oʻzining sehrli ovozi va sozi bilan el olqishiga sazovor boʻlgan baxshi sifatida Sherobod dostonchilik maktabiga mansub yosh baxshilarga oʻz ijodidagi dostonlarni oʻrgatib, ustozlik qilib kelmoqda edi.

Xalqimizning anʼanaviy baxshichilik sanʼatini qayta tiklash va keng targʻib etish, oʻsib kelayotgan yosh avlodga ushbu noyob sanʼat sirlarini oʻrgatishda, xalqimiz kelajak avlodlarga oʻzining yaratgan dostonlarini meros qilib koldirish yuzasidan olib borgan xizmatlari uchun 2017-yilda Chori baxshi Umirovga “Oʻzbekiston Xalq baxshisi” unvoni berilgan.