Jahon

Isroil Rafahga hujumlarini davom ettirishga qaror qildi

Isroil Rafahga hujumlarini davom ettirishga qaror qildi

Isroil harbiy samolyotlari va artilleriyasi Rafah shahrining sharqiy qismini intensiv bombardimon qilmoqda.
Isroil jangovar vazirlar mahkamasi, HAMAS Qatar va Misr tomonidan taqdim etilgan «otashkesim takliflarini» ma’qullaganini aytganiga qaramay, G’azo sektoridagi ko’chirilgan falastinliklar boshpana topgan Rafahga hujumlarni davom ettirishga qaror qildi.

Isroil Bosh vaziri matbuot xizmati bayonotida, Rafahga hujumlarni davom ettirish haqidagi bir ovozdan qaror “isroillik asirlarni ozod qilish va urush maqsadlariga erishish” ekanini aytdi.

HAMAS tomonidan qabul qilingan taklif Tel-Aviv ma’muriyatining «shartlaridan uzoq», biroq Isroil mahbuslarni almashish kelishuvini muhokama qilish uchun Qohiraga delegatsiya yuboradi.

Boshqa tomondan, guvohlarning xabar berishicha, Isroil harbiy samolyotlari va artilleriyasi Rafah shahrining sharqiy qismini intensiv ravishda bombardimon qilgan, chegara yaqinida joylashgan hududlarda harbiy texnika harakati kuzatilgan.