Yangiliklar

Qoraqalpogʻiston bilan Xorazmni bogʻlovchi yangi koʻprik vaqtincha yopiladi

Qoraqalpogʻiston bilan Xorazmni bogʻlovchi yangi koʻprik vaqtincha yopiladi

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ maʼlum qilishicha, Amudaryo viloyatining Qipchoq – Blokpost stansiyalari oraligʻidagi temir yoʻl kesishmasini jihozlash boʻyicha qoʻshimcha ishlar olib borilishi munosabati bilan 2024-yil 7-may kuni soat 14:00 dan 9-may soat 14:00 gacha avtotransport vositalari harakati qoʻshma koʻprikda vaqtincha toʻxtatiladi.

Ushbu davr mobaynida avtotransport vositalari harakati “Qipchoq ponton koʻprigi” orqali amalga oshiriladi.