Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Rossiyada boʻladi

Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Rossiyada boʻladi

Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida boʻladi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan mamlakatimiz yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 79 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

Tashrif doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.