Shavkat Mirziyoyev 9-may kuni Moskvada 1941−1945 yillarda bo‘lib o‘tgan urushdagi G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan harbiy paradning faxriy mehmoni bo‘ladi. Paradda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Kuba, Laos va Gvineya-Bisau davlatlari rahbarlari ham ishtirok etadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan paradda prezidentlar: Aleksandr Lukashenko (Belarus), Qosim-Jomart Toqayev (Qozog‘iston), Sadir Japarov (Qirg‘iziston), Emomali Rahmon (Tojikiston), Serdar Berdimuhamedov (Turkmaniston), Migel Dias-Kanel Bermudes (Kuba), Tongloun Sisulit (Laos) va Umaru Sissoku Embalo (Gvineya-Bisau) ham ishtirok etadi.
Prezidentlar Vladimir Putin bilan birga Nomaʼlum askar qabriga gul qo‘yish marosimida ham qatnashadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!