Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitalidagi urush faxriylarini ziyorat qildi.
Gospitalda Uskan ota Xadjimanov Boyovut tumanidan, Fayzulla ota Nurmatov Oqqo‘rg‘on tumanidan, Anarboy ota Jalilov Parkent tumanidan, Muhiddin ota Dusanbayev O‘rtachirchiq tumanidan kelib davolanmoqda.
Ular hayotidan rozi ekani, davlatimizning va odamlarning hurmatidan xursand ekanini aytishdi.
Gospital jami 700 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, soha faxriylari bepul davolanadi.
«Islohotlar natijasi eng quyiga, har bir xonadonga kirib borishini istaymiz. Rejalarimiz ham katta. Hamma jipslashsa, birgalikda harakat qilsa, o‘ylagan niyatlarimizga tezroq yetishamiz. Sizdek nuroniylarning duolari bunda bizga madadkor bo‘ladi. Sizlarning hayotingiz iroda, jasorat maktabi, gaplaringiz yoshlarga ibrat», dedi Davlatimiz rahbari Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitalidagi urush faxriylari bilan suhbatda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!