Yangiliklar

Qozogʻistonga kirish qoidalari oʻzgardi

Qozogʻistonga kirish qoidalari oʻzgardi

Qoʻshni Qozogʻistonga kirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritilgani munosabati bilan mamlakatga kirish va chiqishda fuqarolarimizga barcha zarur hujjatlarni oʻzlari bilan olib yurishlari tavsiya qilinadi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston-Qozogʻiston yoki Rossiya-Qozogʻiston chegarasini kesib oʻtishda nafaqat Qozogʻistonga, balki Rossiya Federatsiyasiga ham kirishda hech qanday toʻsiqlar yoʻqligiga oldindan ishonch hosil qilish lozim, chunki Rossiya va Qozogʻiston oʻrtasidagi maʼmuriy va jinoiy ishlar boʻyicha qarorlarni oʻzaro tan olish va ijro etish toʻgʻrisidagi kelishuvlarga muvofiq, Qozogʻistonning vakolatli organlari Rossiya Federatsiyasining migratsiya va boshqa qonun hujjatlarining buzilishi yoki toʻlanmagan jarimalar mavjudligi boʻyicha tekshiruv oʻtkazadi.

Agar Rossiya Federatsiyasida boʻlish davrida qayd etilgan qoidabuzarlik yoki toʻlanmagan jarima aniqlansa, Qozogʻiston tomoni Oʻzbekiston fuqarosining Qozogʻistonga kirishi yoki chiqishini taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.

Shu munosabat bilan, Qozogʻistonga kirish va chiqish bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelmasligi uchun Oʻzbekiston fuqarolariga Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya masalalari boʻyicha bosh boshqarmasining rasmiy veb-sayti “Xizmatlar” boʻlimida maxsus onlayn shaklni toʻldirish orqali Rossiyaga kirish uchun taʼqiq mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish tavsiya etiladi.