Yangiliklar

Suv xoʻjaligida zamonaviy boshqaruv tizimi joriy qilinadi

Suv xoʻjaligida zamonaviy boshqaruv tizimi joriy qilinadi

“Suv xoʻjaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga koʻra, Suv xoʻjaligi vazirligi barcha manbalar boʻyicha yagona suv balansini yurituvchi hamda Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid ishlarni muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilandi.

Quyidagilar Suv xoʻjaligi vazirligining asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • yagona suv balansi va Davlat suv kadastrini yuritish;
  • transchegaraviy va ichki daryolar, soylar suvlarini samarali boshqarish hamda tabiiy koʻllar, suv inshootlari va yer osti manbalarida yetarli suv zaxirasini yaratish orqali mamlakat suv xavfsizligini taʼminlash;
  • raqamli texnologiyalarni keng qoʻllagan holda suv resurslarini boshqarish va suv hisobini yuritishning shaffof tizimini yoʻlga qoʻyish;
  • sohaga resurs tejovchi zamonaviy texnologiyalarni, ilm-fan yutuqlari va nou-xaularni keng joriy etish;
  • suvdan foydalanish va suvni boshqarishga bozor mexanizmlarini keng joriy qilish orqali suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish.