Yangiliklar

Toshkentda Mudofaa vazirligi qoʻshinlari harbiy boʻlinmalarining piyoda yurishlari oʻtkaziladi

Toshkentda Mudofaa vazirligi qoʻshinlari harbiy boʻlinmalarining piyoda yurishlari oʻtkaziladi

Bugun Toshkentda Mudofaa vazirligi qoʻshinlari harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari oʻtkaziladi.

Bu Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaga hissa qoʻshgan barcha urush va front orti mehnat faxriylariga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatish, yurt himoyachilarining Vatanga sadoqatini namoyish etish hamda aholi, ayniqsa, yoshlarda faxr va iftixor tuygʻularini oshirish maqsadida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilmoqda.

Harbiy boʻlinmalarning tantanali ravishdagi piyoda yurishlari bugun, 8-may kuni soat 14:00 da “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasidan boshlanadi hamda “Magic City” maydonidagi toʻxtash nuqtasida Faxriy qorovul jamoasi va qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari, boʻlinmalarning jangovar chaqirigʻi, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.